Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 21.07.2026
Ushbu siyosat Regulyator PMS platformasida shaxsga doir, tibbiy, moliyaviy va texnik ma'lumotlar qanday qayta ishlanishini tushuntiradi. Platformadan foydalanuvchi tashkilot hamda uning vakolatli xodimlari faqat qonuniy asosda kiritilgan ma'lumotlar bilan ishlashi shart.
1. Mas'uliyat doirasi
Regulyator PMS ma'muriyati global akkaunt, autentifikatsiya va platforma xavfsizligi ma'lumotlarini boshqaradi. Klinika yoki laboratoriya o'z biznes maydoniga kiritilgan bemor, xodim, klinik va moliyaviy ma'lumotlarning maqsadi, qonuniyligi, aniqligi hamda ulardan foydalanish vakolatlari uchun javob beradi.
2. Qanday ma'lumotlar qayta ishlanadi
Akkaunt ma'lumotlari: ism, familiya, email, profil rasmi, til, a'zoliklar, lavozimlar va ruxsatlar. Parol ochiq ko'rinishda saqlanmaydi.
Biznes ma'lumotlari: klinika yoki laboratoriya rekvizitlari, xodimlar, bemor identifikatsiya va aloqa ma'lumotlari, tug'ilgan sana, jins, manzil, qabullar, tibbiy qaydlar, davolash rejalari, laboratoriya buyurtmalari, to'lovlar, qarzdorlik, HR va vazifalar tarixi.
Texnik va xavfsizlik ma'lumotlari: sessiya identifikatorlari, vaqt belgilari, IP yoki qurilma bilan bog'liq xavfsizlik signallari, audit yozuvlari va xatolik diagnostikasi. Maxfiy credentiallar va to'liq tibbiy ma'lumotlar oddiy texnik loglarga yozilmasligi kerak.
3. Qayta ishlash maqsadlari
Ma'lumotlar akkauntni yaratish va himoyalash, klinika yoki laboratoriya ish jarayonlarini yuritish, qabul va davolashni rejalashtirish, moliyaviy hisob, hamkorlik, xodimlar vakolatlari, bildirishnomalar, texnik yordam, suiiste'molning oldini olish va qonuniy majburiyatlarni bajarish uchun ishlatiladi. Platforma ma'lumotlarni reklama uchun sotmaydi.
4. Google orqali kirish
Google orqali kirish tanlansa, Google Identity Services tasdiqlangan email, ism va autentifikatsiya credentialini taqdim etadi. Backend credentialning haqiqiyligi va auditoriyasini tekshiradi; Google paroli platformaga berilmaydi. Regulyator PMS ushbu login orqali Gmail, Google Drive yoki Google Calendar ma'lumotlariga kirish ruxsatini so'ramaydi.
5. Ma'lumotlarni uzatish
Ma'lumotlar faqat xizmatni ishlatish uchun zarur bo'lgan hosting, ma'lumotlar bazasi, email, autentifikatsiya va boshqa texnik provayderlar orqali qayta ishlanishi mumkin. Qonun talab qilgan holatlar bundan mustasno, ma'lumotlar aloqasiz uchinchi shaxslarga sotilmaydi yoki berilmaydi.
Hamkor laboratoriyaga faqat buyurtma uchun zarur minimal ma'lumotlar — bemor display nomi va raqami, buyurtmachi vrach, xizmat, miqdor, muddat va texnik izoh yuboriladi. Telefon, manzil, tashxis, boshqa moliyaviy yoki tibbiy tarix avtomatik berilmaydi.
6. Saqlash muddati
Ma'lumotlar akkaunt yoki biznes faol bo'lgan davrda va xizmat ko'rsatish uchun zarur muddatda saqlanadi. Tibbiy, moliyaviy, HR, xavfsizlik va audit yozuvlari amaldagi qonun, shartnoma, nizolarni hal qilish yoki qonuniy hisobot majburiyati talab qilgan muddat davomida saqlanishi mumkin. O'chirish so'rovi ushbu majburiyatlar bilan cheklanishi mumkin.
7. Xavfsizlik
Platforma shifrlangan HTTPS ulanishi, parol hashingi, qisqa muddatli access sessiyalari, refresh token himoyasi, tenant bo'yicha ajratish, role va permission nazorati, rate limit hamda audit kabi texnik va tashkiliy choralarni qo'llaydi. Hech bir tizim mutlaq xavfsizlikni kafolatlay olmaydi; aniqlangan hodisalar imkon qadar tez cheklanadi va tekshiriladi.
8. Foydalanuvchi huquqlari
Amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxs o'z ma'lumotlari haqida axborot olish, ularni tuzatish, yangilash, qayta ishlashni cheklash yoki o'chirishni so'rashi mumkin. Biznes ichidagi bemor yoki xodim ma'lumoti bo'yicha avval tegishli klinika yoki laboratoriyaga murojaat qilinadi; akkaunt va platforma masalalari bo'yicha quyidagi email orqali murojaat yuboriladi.
9. Voyaga yetmaganlar ma'lumotlari
Voyaga yetmagan bemor ma'lumotini kiritayotgan klinika qonuniy vakil roziligi yoki boshqa zarur qonuniy asos mavjudligini ta'minlaydi. Platforma voyaga yetmaganlarga mustaqil tibbiy xizmat ko'rsatmaydi.
10. Siyosatdagi o'zgarishlar
Siyosat xizmat yoki qonuniy talablar o'zgarganda yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar sahifadagi sana va zarur bo'lsa platforma ichidagi bildirishnoma orqali ko'rsatiladi.